"Xorazm" Viktor Mozes to'p tepadigan klub ustidan g'alaba qozondi

  • Mr.NoBoDy 14.02.2026 21:08
  • 442
  • 30

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Xorazm" klubi Turkiyadagi yig'in doirasida Qozog'istonning "Qaysar" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv o'zbekistonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 75-daqiqada Azizjon Axrorov penaltidan urdi.

"Qaysar" tarkibida "Chelsi"ning nigeriyalik sobiq hujumchisi Viktor Mozes asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Malumot uchun, "Xorazm" o'tgan mavsum O'zbekiston Superligasida 15-o'rinni egallagan bo'lsa, "Qaysar" Qozog'iston Premer-ligasida 11-pog'onani band etgan.

Eslatib o'tamiz, "Xorazm" kunning ilk yarmida Chexiyaning "Pribram" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar