Javohir Ilyosov: "Bugun 18 yoshga to'ldim. Har doim oilamdagilar birinchi tabriklashadi"

  • Mr.NoBoDy 08.02.2026 01:08
  • 6846
  • 30

OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov yangi mavsumga tayyorgarlik va tug'ilgan kuni haqida gapirdi.

– CSKA hamda OKMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning birinchi bo'limi o'z nihoyasiga etdi. 1:1 hisobi qayd etildi.

– Yaxshi o'yin bo'ldi. Raqib ham, biz ham yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo'limda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

– O'yindan oldin besh-olti soat yomg'ir yog'di, bu o'yinga qanchalik tasir qildi? Ko'ryapmizki, stadionning narigi tomonida ancha suv to'planib qolgan ekan.

– Yomg'ir bo'lgani bilinmadi. Aksincha, yaxshi bo'ldi.

– Mashg'ulotlar qanday o'tyapti? Birinchi yig'in Abu-Dabida, endigisi Turkiyada davom etmoqda. Qanchalik farq bor?

– Abu-Dabidagi birinchi yig'in ko'proq jismoniy tayyorgarlikka qaratilgandi. Ikkinchi yig'inda ko'proq bellashuv o'tkazamiz, beshtami o'yin o'ynarkanmiz. Shu orqali jismoniy holatimizni tiklaymiz.

– Bugun tug'ilgan kuningiz ekan (7 fevral). Tabriklaymiz!

– 18 ga kirdim (kuladi).

– Yanvar-fevral oyida tavallud topganlar tug'ilgan kunlarini uyidan uzoqda nishonlashadi. Chunki futbolchilar mana shu paytda xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlarida bo'lishadi.

– Shunaqa. To'g'risi, oxirgi marta tug'ilgan kunimni uyda nishonlaganimni eslolmayman.

– Siz olgan eng yaxshi sovg'a?

– Eng qadrlisi – ota-onam tabrigi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar