Akmal Rustamov: "Bir oila bo'lib o'ynasak, bizni hech kim yuta olmaydi"

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 23:40
  • 139
  • 30

Superliga 2-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun ikkinchi turni o'tkazib oldik. O'yin qiyin bo'lishini bilardik, chunki "Andijon" ham vodiyning boshqa jamoalari qatori doim yutuqqa harakat qiladi. Qolaversa raqib tarkibi ancha kuchaygan. G'alaba bilan muxlislarimizni, klubimiz rahbariyatini va barcha navoiyliklarni tabriklayman. Birinchi bo'lim uchun yigitlarga alohida rahmat. Bugun hamma borini berib o'ynadi. Berilgan ko'rsatmalar to'g'ri bajarilgani uchun g'alaba qozondik deb o'ylayman.

- "Andijon"ning dastlabki turdagi o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, qanday taassurot qoldirgandi?

- Biz ilk turni "Paxtakor"ga, "Andijon" esa "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi. "Paxtakor" bilan o'ynab bo'lganimizdan so'ng navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'ra boshladik. "Andijon"ni yaxshilab o'rganishga harakat qildik. Tarkibida yulduzlar bor, lekin etibor bergan jihatimiz "Andijon" to'pni asosan havodan o'ynar ekan. Boake yaxshi hujumchi, ammo uni to'psiz qoldirishga va maydon markazini egallashga harakat qildik. Bu esa o'z mevasini berdi.

- Grigol Chabradzening holati qanday?

- Chabradze gruziyalik yaxshi legionerlarimizdan biri. U o'zidan iliq tassurot qoldirishga harakat qilyapti. U Turkiyadagi yig'inda jarohat olib qoldi, shu bois "Paxtakor" bilan zaxirada qoldirdik. Lekin u bizga juda kerakli o'yinchi. Afsuski, bugun yana jarohat oldi.

- Sizningcha, bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim?

- Alohida biron bir o'yinchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Butun jamoa yaxshi harakat qildi. Biz bir oila bo'lishga harakat qilyapmiz. Agar oila bo'lib o'ynasak, bizni hech kim yuta olmaydi.

- Asror G'ofurovni o'tgan uchrashuv himoyada ko'rgandik, bugun esa yarim himoyada o'ynadi.

- Bizda shunday futbolchilar borki, ular turli nuqtalarda o'ynay olishadi. Bu ham jamoamiz foydasiga deb o'ylayman.

- Ilhom Vahobov avvalgi mavsumda asosiy tarkib futbolchisi edi.

- Ilhom Vahobov bilan Shohruz Norxonovning jarohati biz kutgandan jiddiy bo'lib chiqdi. Ularni tezroq asosiy tarkibga qaytarish ustida ish olib boryapmiz.

- Jamoangiz gol o'tkazib yuborgach, yana futbol o'ynay boshladi. Bungacha nima xalaqit berdi?

- Savol tushunarli. O'yindan oldin har doim futbolchilar oldiga ko'rsatma qo'yamiz. A reja, B reja kabilar bo'ladi. Lekin hammasi doim siz o'ylagandek kechmaydi. Gol o'tkazib yuborganda nimadir o'zgartirishga to'g'ri keladi. Bugun zaxiradan o'yinga qo'shilganlar ishonchni oqlashdi.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar