
O'yinda mehmonlar yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.
Kil shahrida kechgan o'yin tafsilotlari:
56-daqiqada Deniz Undav hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
O'yin yakunida "Shtutgart" bosimni kuchaytirdi: 89-daqiqada Kris Fyurix, 90+2-daqiqada esa Atakan Karazor raqib darvozasini ishg'ol qildi — 0:3.
Shu tariqa, amaldagi kubok sohibi "Shtutgart" yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum finalida ular "Arminiya"ni (4:2) mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqishgan edi. Avvalroq Leverkuzenning "Bayer" jamoasi ham yarim finalga yo'l olgandi.