
Mourinyu: “Qo'l ostimdagi futbolchilardan juda mamnunman. Kimningdir ketishini istamayman”
- Mr.NoBoDy 25.08.2026 19:24
- 261
- 30
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu 2026/27 yilgi mavsum uchun tarkibning shakllanishi va transfer oynasi yopilguniga qadar bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
Mutaxassis o'z jamoasidan mamnun ekanini ma'lum qildi.
“Men uchun tarkib yopilgan... Biroq transfer oynasi hali ham ochiq. Agar qaysidir futbolchi ketishni istasa... Bilmadim. Ixtiyorimda bo'lgan o'yinchilardan juda mamnunman. Kimdir ketishini xohlamayman”, – dedi “qaymoqranglilar” ustozi.
Ўхшаш янгиликлар