O'zbekistonlik hakamlar JCH uchun VAR hakami nomzodlari safida seminarda qatnashishmoqda

  • Mr.NoBoDy 04.02.2026 22:24
  • 340
  • 30

Doha shahrida o'tayotgan ushbu seminar Jahon chempionatlari uchun nomzod VAR hakamlarini saralash va tayyorlashning asosiy bosqichi hisoblanadi.

Unda ikki nafar vakilimiz ishtirok etmoqda:

Firdavs Nor Safarov — 2026 yilgi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun VAR hakami nomzodlari ro'yxatidan joy oldi. U ayni damda nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'z mahoratini oshirmoqda.

Edita Mirabidova — 2027 yil Braziliyada o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun VAR hakami sifatida nomzod qilib ko'rsatildi. U xalqaro mutaxassislar nazorati ostida video yordamchi hakamlik bo'yicha tayyorgarlikdan o'tmoqda.

Mazkur seminar FIFA tomonidan eng yuqori saviyadagi turnirlarda ishlaydigan hakamlarni shakllantirish yo'lidagi muhim bosqichdir.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar