Ikkinchi nazorat o'yinida g'alaba! "Lokomotiv" Ruminiya klubini mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 04.02.2026 20:08
  • 1368
  • 30

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Antaliyadagi yig'in doirasida navbatdagi sinov nazoratini o'tkazdi.

Ruminiyaning "Bixor" jamoasiga qarshi kechgan bahsda "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida zafar quchishdi.


"Lokomotiv" — "Bixor" (Ruminiya) 2:1

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 27' (1:0), Shodiyor Shodiboev 85' pen. (2:0) — Yoan Hora 87' pen. (2:1).

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" yig'indagi dastlabki o'yinini Qozog'istonning "Qiziljar" jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар