Leverkuzenliklar yarim finalda!

  • Mr.NoBoDy 04.02.2026 03:24
  • 3756
  • 30

Germaniya Kubogining chorak finalida "Bayer" o'z maydonida "Sankt-Pauli"ni qabul qildi va raqibini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning asosiy voqealari:

31-daqiqada Marten Tere mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

63-daqiqada chexiyalik to'purar Patrik Shik oradagi farqni oshirdi.

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda (90+2) Yonas Xofman yakuniy nuqtani qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bosqichga qadar "Bayer" Dortmundning "Borussiya" jamoasini (1:0) musobaqadan chiqarib yuborgan edi. "Sankt-Pauli" esa Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan ustun kelgandi (2:1).

Malumot uchun, Germaniya Kubogining amaldagi sohibi "Shtutgart" hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Arminiya"ni 4:2 hisobida mag'lub etishgan.

Match-senterda ochish

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar