"Chelsi" o'tgan yili "Liverpul" yulduzini sotib olishga yaqin bo'lgan

  • Mr.NoBoDy 16.01.2026 15:24
  • 814
  • 30

London klubi Virjil van Deykni transfer qilishga yaqin kelgan, ammo "Liverpul" sardori boshqa yo'lni tanlagan.

"Polymarket FC" portali malumotiga ko'ra, London klubi o'tgan yili "Liverpul"ning 34 yoshli himoyachisini o'ziga og'dirib olishga uringan. O'sha paytda futbolchi "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolash borasida ikkilanib turgandi.

Xabar qilinishicha, "ko'klar" van Deykning "Enfild"dagi kelajagi atrofidagi mavhumlikdan foydalanishni istagan. "Chelsi" rahbariyati mudofaa chizig'i vakiliga shaxsiy shartlari juda foydali bitim taklif qilgan, biroq futbolchi buni "Liverpul"ga nisbatan haqiqiy xiyonat deb hisoblab, qatiy ravishda rad etgan.

Oqibatda, van Deyk "Liverpul" bilan kelishuvga erishib, yangi va yaxshilangan shartnomaga imzo chekkan. Bu bitim uning klubdagi faoliyatini 2027 yil yozigacha uzaytiradi.

Niderlandiyalik himoyachi joriy mavsum "qizillar" libosida 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol muallifi bo'lgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar