Mikel Arteta: "Xavercni juda sog'ingan edik. Uning qaytishi jamoa uchun katta yordam bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 14.01.2026 16:40
  • 125
  • 30

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Kay Xavercning uzoq muddatli jarohatdan so'ng maydonga qaytgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Xaverc Angliya Kubogi 3-raundi doirasidagi "Portsmut"ga qarshi o'yinda (4:1) zaxiradan maydonga tushdi.

"Albatta, biz uni juda sog'ingan edik. Futbolda bir yil — bu juda uzoq vaqt, lekin u ajoyib sport formasida va o'ziga bo'lgan yuqori ishonch bilan qaytdi. U shunchalik aqlli futbolchidirki, boshqa sheriklari bilan tezda til topishib ketadi. Jamoadoshlari uni qanchalik yaxshi ko'rishini ko'rish mumkin edi: u jarima maydonchasi atrofida paydo bo'lgan har bir vaziyatda zaxira o'rindig'idagilar xursandchilikdan sakrashardi.

Ha, u safimizga qaytganidan juda xursandmiz. Kay bizga ko'p yordam beradi, endi esa uning yaxshi holatini saqlab qolishimiz kerak", — dedi Arteta klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar