
Guruhimizdagi jamoalar Portugaliya - Palm Bich Gardensga, Kolumbiya esa Kolumbus shahriga joylashadi.
Qayd etish joiz, turnir davomida FIFA tomonidan 61 ta lokaciya tanlangan bo'lib, ular musobaqa ishtirokchilarining istiqomat qilishi va mashg'ulot o'tkazishi uchun mo'ljallangan.
Bazalarga joylashtirish jarayoni terma jamoalarning o'yinlar o'tkaziladigan shahar va stadionlar geografiyasidan kelib chiqib belgilanadi. Guruh bosqichi uchrashuvlari davomida ishtirokchilar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali etib borib, o'yin yakunlangach o'z bazasiga qaytib kelishadi.