
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso ketganidan so'ng, dushanba kuni 42 yoshli mutaxassis "qirollik klubi" boshqaruviga keldi.
"U Mourinoga o'xshashni xohlaydi va hozir "Real" murabbiyi bo'lib turganining yagona sababi — faqat Mourino haqida gapirishidir.
Taktik jihatdan, men "Kastilya"ning bir nechta o'yinlarini ko'rib shuni aytishim mumkinki, u Xabi Alonsoning oldida ip esholmaydi.
U Xabi Alonso bilan chiqisha olmagan futbolchilar bilan ishlaydi. Prezident uni qanchalik qo'llab-quvvatlamasin, jamoada kimning so'zi o'tishi hali nomalum. Prezident uchun kim muhimroq: Vinisiusmi yoki Arbeloa?
U muxlislar qanday o'yin kutayotganini biladi... lekin vaziyatni o'zgartirish uchun o'zini juda yaxshi tomonlama ko'rsatishiga to'g'ri keladi", — dedi Garsiya Catalunya Radio efirida.