Eronga qarshi uchrashuvdan so'ng Ravshan Haydarov nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 11.01.2026 08:32
  • 553
  • 30

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Eronga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Eronga qarshi ochiq futbol ko'rsatish qiyin edi. Raqib tarkibida jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar etarli va shu sababli biz shunga moslab reja tuzib, chiqdik. Bundan tashqari, taktik jihatdan ham aniq ishlangan rejalarimiz bor edi. Biz asosan uzun uzatmalar orqali hujumlarni tashkil qilishga urindik. Sababi yaqin masofaga pas o'ynas va raqibga pressing qilish xavfli edi. Bugun raqib himoyasi ancha tepada o'ynadi. Birinchi 45 daqiqalikda bir nechta yaxshi hujumlar tashkil qildik. 

Raqibdan qo'rqib o'ynamadik. Shunchaki biz tarkibli futbol o'ynashga intilmoqdamiz. Erondek raqiblar blan o'ynab, yanada shakllanamiz", - deb fikr bildirdi Haydarov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar