ECHL. "Real Madrid" bu mavsum ham "Manchester Siti"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 02:56
  • 413
  • 30

Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (Birinchi o'yin - 0:3)

Gollar: 22 - Vinisius Junior, 41 - Erling Holand

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash (15. Mark Gexi, 46'), 27. Mateus Nunesh (42. Antuan Semeno, 57'), 21. Rayan Ait-Nuri, 45. Abduqodir Husanov, 16. Rodri (14. Niko Gonsales, 74'), 20. Bernardu Silva, 4. Teyani Reynders (6. Natan Ake, 46'), 11. Jeremi Doku, 9. Erling Holand (7. Omar Marmush, 56'), 10. Rayan Sherki.

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 33. Niko O'Rayli, 82. Riko Lyuis, 8. Mateo Kovachich, 26. Savio, 47. Fil Foden.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua (13. Andrey Lunin, 46'), 12. Trent Aleksander-Arnold (2. Daniel Karvaxal, 83'), 22. Antonio Ryudiger, 24. Din Xyoysen, 20. Fransisko Garsiya, 8. Federiko Valverde, 14. Orelen Chuameni, 15. Arda Gyuler (6. Eduardu Kamavinga, 74'), 7. Vinisius Junior, 45. Tyago Pitarch (37. Manuel Moran, 74'), 21. Braim Dias (10. Kilian Mbappe, 69').

Zaxira: 4. David Alaba, 18. Alvaro Karreras, 27. Diego Aguado, 30. Franko Mastantuono, 28. Xorxe Sestero, 38. Sesar Palasios, 16. Gonsalo Garsiya.

Ogohlantirishlar: 25 - Pep Gvardiola ("Man Siti" bosh murabbiyi), 45+4 - Abduqodir Husanov, 76 - Kilian Mbappe, 80 - Trent Aleksander-Arnold

Chetlatish: 21 - Bernardu Silva


90+3. GOL! Vinisius baribir dublga erishdi! 

90+1. Vinisius gol urdi, biroq bu ham offsayd ekan!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. Hammasi joyida, bahs davom etadi.

83. O'yin to'xtatildi, Mbappe yiqitilgan vaziyat yoki urilgan gol VARda ko'rilmoqda.

83. Ikkinchi bo'limning o'zida uchta gol offsayd sabab bekor qilindi.

82. Yana bir gol, bu safar Valverde urdi, ammo bu erda ham o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.

81. Kilian oldinga yurish qildi, Ayt-Nuri uning futbolkasidan tortib qoldi, biroq penalti belgilanmadi.

78. Ayt-Nuri to'pni darvozaga kiritdi, bu safar ham o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.

73. Sherkidan kuchli zarba, ammo aniq bo'lmadi!

70. Mbappening ilk zarbasi noaniq bo'ldi.

69. Burchakdan uzatilgan to'pni Chuameni bosh bilan darvozaga yo'lladi, Jijjidan seyv!

67. Kilian Mbappe maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

66. Abduqodir Husanovning uzoq masofadan erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi...


63. Doku birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi, biroq bu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi.

62. Vinisius birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Janluiji bilan to'qnashib ketdi.

60. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Semenoning zarbasi juda noaniq bo'ldi.

54. Yana zarba Holanddan va yana seyv Lunindan! Qaytgan to'pni Rodri tepdi, ammo noaniq bo'ldi.

50. Holanddan yaxshi zarba va buni Lunin qaytardi!

47. Vinisiusning zarbasi noaniq bo'ldi.

46. "Man Siti" ikki himoyachini, "Real" esa darvozabonni maydonga tashladi zaxiradan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:

To'p nazorati - 53% - 47%

Darvoza tomon zarbalar - 10 - 10

Aniq zarbalar - 5 - 5

Burchak zarbalari - 4 - 3

Uzatmalar aniqligi - 91% - 90%

Seyvlar - 3 - 4

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko'rsatildi.

45+2. Ruben Gyulerning oyog'iga tepib yiqitdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Arnoldning darvozaga yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

41. GOL! Holand hisobni tenglashtirdi! Dokuning uzatmasidan so'ng Erling bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

39. Ardaning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

38. Braim ikkita himoyachidan aldab o'tib, darvozaga zarba berdi, Janluiji qaytardi.

35. Chuamenining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, Donnarumma to'pni ushlab oldi.

28. Arda Gyuler Vinisiusga to'pni yaxshi uzatdi, uning tepgan to'pi esa noaniq bo'ldi.

26. Holand o'tkir burchakdan zarba berdi, Kurtua to'pni qaytardi, qaytgan to'pga Rodri zarba berdi, ammo noaniq!

26. Fran Garsiya sal qolsa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Husanov ishonchli harakat qilib, to'pni olib qo'ydi!

24. Vinisius oldinga yurish qilib darvozaga tepdi, biroq noaniq bo'ldi.

23. Zo'r vaziyat bo'ldi Holandda! O'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Kurtuadan dahshatli seyv!

22. GOL! Vinisius bu safar penaltini aniq amalga oshirdi!

21. Qizil kartochka Bernardu Silvaga! Dahshat!


20. Penalti, "Siti" darvozasiga!

20. Bosh hakam o'zi borib ko'radi VARni. Penalti bo'lishi mumkin.

18. Qiziq vaziyat. Dastlab yon hakam vaziyatni offsayd dedi, Vinining ikkinchi zarbasida "Siti" futbolchisining qo'liga tegdi. Holat VARda ko'rilmoqda.

17. Dahshat vaziyat Vinisiusda!!! Dastlabki zarbasi to'p ustuniga tegib qaytdi, Donnarummaning boshiga tegib sal qolsa darvozaga kirib ketishi mumkin edi...

16. Husanov Vinini "eb tashlash"ni boshladi. Tezlik borasida yana Abduqodir birinchi bo'lib to'pga etib keldi!

14. Pitarch oldinga o'tdi, to'pni Viniga uzatdi, biroq "shaharliklar" himoyachisi bu vaziyatda yaxshi o'ynab, to'pni qaytardi.

10. Yaxshi zarba bo'ldi Sherkidan, ammo noaniq bo'ldi.

6. Yana zarba, bu safar Reyndersdan. Biroq rekoshetga uchrab zarba kuchini yo'qotdi va darvozaga bormadi.

5. O'yin harorati juda yuqori!

4. Yana zarba "Siti"dan, bu safar Rodri! O'tkir burchakdan tepgan to'pini Kurtua qaytarib yubordi!

3. Yaxshi zarba Sherkidan! Kurtua turgan joyida qaytarib yubordi!

1. Valverdega to'p uzatib berildi, uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni ECHL nimchorak finalidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar