
Bundan ikki oy oldin Afrika millatlar kubogi finalida Marokashni mag'lubiyatga uchratgan Senegal terma jamoasidan chempionlik olib qo'yildi. Bunga jamoaning norozilik o'laroq maydonni tark etgani sabab bo'ldi. AFK tomonidan Marokash terma jamoasi qita chempioni sifatida elon qilindi.
"Afrika futbol konfederaciyasi apellyaciya kengashi Afrika millatlar kubogi (AFCON) reglamentining 84-moddasiga muvofiq, Senegal termasi final uchrashuvini texnik mag'lubiyat bilan yutqazgan deya qaror qildi.
Shu munosabat bilan Afrika Milllatlar kubogi final uchrashuvida Marokash terma jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozongan deb topildi", -deyiladi AFK bergan rasmiy bayonotda.
Eslatib o'tamiz, Afrika Millatlar kubogi finalida Senegal terma jamoasi norozilik sifatida maydonni tark etgandi, biroq Sadio Mane sheriklarini ortga qaytishga chaqirdi. Birinchi ekstra-taymning 4-daqiqasida Pap Geye Senegalni hisobda oldinga olib chiqib, yakunda uning goli jamoaga g'alaba keltirgandi.