Afrika kubogi. Misr gollarga boy o‘tgan o‘yinda Kot-d'Ivuarni taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi (videosharh)

  • Mr.NoBoDy 11.01.2026 04:44
  • 122
  • 30

Misr terma jamoasi Afrika Kubogi chorak finalida Kot-d'Ivuarni mag‘lub etdi - 3:2.

Uchrashuvning 4-daqiqasida "Manchester Siti" forvardi Omar Marmush hisobni ochdi. 32-daqiqada Rami Rabia oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

40-daqiqada ivuarliklar Ahmad Fatuxning avtogoli evaziga oradagi farqni bittaga qisqartirishdi. 52-daqiqada Muhammad Saloh oradagi farqni tikladi. Yakuniy hisobni Gela Due o‘rnatdi.

Misr Afrika Kubogining yarim finaliga chiqdi va u yerda Senegal bilan o‘ynaydi.

Misr - Kot-dIvuar - 3:2

Gollar: Marmush, 4 (1:0). Rabia, 32 (2:0). Axmed Fatux, 40 - avtogol (2:1). Saloh, 52 (3:1). Due, 73 (3:2)

Misr: El-SHenavi, Rabia, Yasser Ibraxim, Axmed Fatux, Xani, Abdelmagid, Fati, Ateya, Ashur (Trezege, 78), Saloh, Marmush (Mostafa Moxamed, 90+2)

Kot-dIvuar: YA. Fofana, Kossunu, N`Dika, Konan, Due, Sangare, Oulai (S. Fofana, 89), Kessye (Krasso, 70), Diomande (Ture, 89), Diallo, Gessan (Bayo, 80)

Ogohlantirishlar: Abdelmagid, 69. El-SHenavi, 90

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar