LaLiganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi elon qilindi

  • Mr.NoBoDy 03.10.2025 23:32
  • 666
  • 30

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe LaLiganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Franciyalik forvard o'tgan oyda 4 o'yinda 5ta gol urdi va ayni damda to'purar bo'lib turibdi. Shuningdek, unda yana bir assist ham bor.

Kilian ushbu etirofga birinchi marta sazovor bo'lmoqda. Bu uchun ovoz berish jarayonida u Pedri ("Barselona"), Pablo Fornals ("Betis"), Ruben Vargas ("Sevilya") va Karl Ett-Eyong ("Levante") kabi futbolchilardan ustunlik qildi.

Ўхшаш янгиликлар