28 yoshli Mateta ilk bor Franciya terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 03.10.2025 19:24
  • 275
  • 30

"Kristal Pelas"ning 28 yoshli hujumchisi Jan-Filipp Mateta Franciya terma jamoasidan birinchi marta chaqiruv oldi.

Joriy mavsum 10 o'yinda 4 ta gol urgan futbolchi oktyabr oyida Franciya terma jamoasining JCH-2026 saralashi doirasidagi Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun taklif qilingan.

Avvalroq Mateta faqat Franciya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan va 2024 yilgi Olimpiada o'yinlari uchun ham tarkibga kiritilgandi.

Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham shunday dedi:

"Menga shu tipdagi o'yinchilar yoqadi. U gol urishga qodir. Ha, u unchalik yosh emas, lekin Franciya terma jamoasida deyarli barcha yosh toifalarida o'ynash tajribasiga ega".

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar