iks
ads


A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi «Roma»ni og‘ir ahvolda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy11.10.2026 17:26
  • 51
  • 30

Italiya A Seriyasida avgust-sentyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan «Roma» hujumchisi Doniell Malen «Komo»ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatildi.

11 oktyabr, yakshanba kuni Italiya chempionatining 6-turi doirasida «Komo» va «Roma» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelmoqda.

Bahsning 53-daqiqasida rimliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. «Roma» hujumchisi Doniell Malen raqibiga nisbatan qo‘pol "podkat" ishlatgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Niderlandiyalik futbolchi hakamning qaroriga e’tiroz bildirib, maydondan chetlatilishiga norozilik bildirdi. Biroq uning e’tirozlari qarorga ta’sir ko‘rsatmadi.

Shu tariqa, «Roma» hisob 0:0 bo‘lib turgan bir paytda o‘n kishi bo‘lib qoldi.

Qayd etish joiz, Doniell Malen Italiya A Seriyasida avgust-sentyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Hujumchi ushbu mukofotni 17 oktyabr kuni «Jenoa»ga qarshi uchrashuv oldidan qabul qilib olishi rejalashtirilgan.

Biroq Malen qizil kartochka tufayli diskvalifikasiya qilinadi va «Jenoa»ga qarshi navbatdagi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar