
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning o‘yinlari va futbolchilarning saviyasi haqida fikr bildirib, Madridda Kataloniya klubining muvaffaqiyatlarini yetarlicha e’tirof etmaslikka urinishlar bo‘layotganini ta’kidladi.
“Biz futboldan va klubimizdan zavq olyapmiz. Bizni butun dunyoda e’tirof etishmoqda. Jamoamizda jahon chempioni bo‘lgan to‘qqiz nafar futbolchi bor.
Bizda muxlislarni o‘ziga maftun etadigan jamoa, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan futbolchilar bor. Har tomondan maqtovlar eshityapmiz. Ammo Madridda bularning barchasini kamsitishga urinishmoqda”, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.