iks
ads


«Besh daqiqaga ham maydonga tushmaysan». «Real» futbolchisiga qat’iy rad javobi berildi

  • Mr.NoBoDy10.10.2026 12:00
  • 27
  • 30

Madridning «Real» klubi murabbiylar shtabi markaziy himoyachi Eder Militaoning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti.

28 yoshli braziliyalik futbolchi aprel oyidan buyon jarohati sabab maydonga tushmayapti. Biroq hozir u safga qaytishga yaqin turibdi.

Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Militao yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulot o‘yinining so‘nggi daqiqalarida maydonga tushishni istagan.

Shu orqali u «Real» murabbiylar shtabiga o‘ynashga tayyor ekanini isbotlamoqchi bo‘lgan.

Biroq futbolchi qat’iy rad javobini olgan.

«Yo‘q, sen hatto besh daqiqaga ham maydonga tushmaysan», — deyilgan unga.

10 oktyabr, shanba kuni Joze Mourinyo shogirdlari Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.

Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 11 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.

Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar