iks
ads


«Ko‘z yoshlari. 20 yillik orzuim ushaldi». Tantashev — JCHga yo‘llanma olgani haqida

  • Mr.NoBoDy09.10.2026 19:13
  • 51
  • 30

O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev Sport24 nashri muxbirlari Boris Korolyov va Sergey Kozlovga bergan intervyusida 2026 yilgi jahon chempionatida ishlashini bilganida qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.

— Jahon chempionatiga borishingizni bilganingizda nimani his qildingiz?

— Ta’riflab bo‘lmaydigan quvonchni his qildim. Oxirgi daqiqagacha hech kim hech narsani bilmasdi. Biz O‘zbekistondagi uchrashuvni boshqarishimiz kerak edi. O‘yin boshlanishiga o‘n daqiqa qolganida hamkasblardan biri yordamchimga qo‘ng‘iroq qilib, tayinlov rasman e’lon qilinganini aytdi.

Kiyinish xonasiga kirishimiz bilan ko‘zlarimizga yosh keldi. Bu orzuimga 20 yil bo‘lgandi va nihoyat u ushaldi.

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Ilgiz Tantashev Shotlandiya — Marokash (0:1) hamda Jazoir — Avstriya (3:3) uchrashuvlarida ishladi. O‘zbekistonlik hakam 1/8 final bosqichida Paragvay — Fransiya (0:1) bahsini ham boshqardi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar