
«Deportivo» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang tizzasidan olgan jarohatidan qanday tiklanayotgani haqida gapirdi.
37 yoshli futbolchi professional faoliyati davomida ilk bor jarohat sababli 10 kundan ortiq vaqt maydonga tusha olmaganini ta’kidladi.
«Butun faoliyatim davomida birinchi marta jarohat tufayli 10 kundan ortiq vaqtni o‘tkazib yubordim.
Kun sayin o‘zimni yaxshiroq his qilyapman va endi qo‘ltiqtayoqqa ehtiyojim yo‘q», — deya Obameyangning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Hujumchi tiklanish jarayonida jismoniy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib borishini ham ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, eng muhimi — tizzasida hech qanday noqulaylik sezmaslik.
Obameyang joriy mavsumda beshta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi jarohati sababli taxminan ikki oy maydonga tushmasligi mumkin.