
Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-tur bahslari davom ettiriladi. Kun davomida bir yo‘la to‘rtta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tur 7 oktyabr kuni «Neftchi» — «Xorazm» bahsi bilan boshlangan edi. Farg‘onada o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Shu natijadan keyin «Neftchi» 23 uchrashuvda 52 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.
Bugungi o‘yinlar soat 18:30 da «Qo‘qon-1912» — «Mash’al» uchrashuvi bilan boshlanadi.
Soat 19:00 da esa ikki bahs start oladi. 49 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan «Paxtakor» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qiladi. Shu vaqtning o‘zida «Buxoro» va «Andijon» jamoalari ham o‘zaro kuch sinashadi.
Kunning so‘nggi uchrashuvi soat 19:30 da boshlanadi. Unda «Nasaf» Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
23-tur doirasidagi qolgan bahslar 10 va 11 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
9 oktyabr. Superliga, 23-tur:

