iks
ads


Fabian Ruis: «Eng qiyini — yana g‘alaba qozonish»

  • Mr.NoBoDy26.09.2026 14:39
  • 114
  • 30

Ispaniya terma jamoasi va «PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoa jahon chempionatidagi g‘alabadan keyin ham erishilgan natija bilan cheklanib qolmoqchi emasligini aytdi.

30 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, bosh murabbiy Luis de la Fuente o‘yinchilarga avvalgi muvaffaqiyatlar endi tarixda qolganini va barcha e’tiborni hozirgi vazifalarga qaratish kerakligini uqtirgan.

«Futboldagi eng qiyin narsa — yana g‘alaba qozonish. Bir marta yutish ajoyib, ammo buni takrorlash — mana shu haqiqiy qiyinchilik», — dedi Ruis.

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasidagi ishtirokini barcha musobaqalardagi 38 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya bilan boshlamoqda.

Shuningdek, jamoa ayni paytda Yevropa va jahonning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar