iks
ads


«Tottenxem» «Barselona» va «PSJ»ning sobiq hujumchisini tarkibiga qo‘shib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy17.09.2026 15:52
  • 225
  • 30

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Londonning «Tottenxem» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Cronache di Spogliatoio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shporlar» hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan 33 yoshli argentinalik futbolchini tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq futbolchiga «Inter» va «Lasio» klublari ham qiziqish bildirgan, ammo kelishuvga erishilmagan.

Ikardi 2023 yildan 2026 yilgacha «Galatasaray» safida o‘ynadi. U o‘tgan yozda klubni erkin agent sifatida tark etdi.

O‘tgan mavsumda Ikardi barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar