Martines Ispaniyaga Jahon kubogi topshirilayotganda Argentina terma jamoasi nega ortini o‘girib olganini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 19:52
  • 6
  • 30

Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines JCH-2026 finalida Ispaniyaga kubok topshirilish marosimida jamoasining xatti-harakati va turnirdagi tanqidlar bo‘yicha izoh berdi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida argentinaliklar Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

«Mening tuyg‘ularim aralashib ketgan. Bu nafrat mutlaqo asossiz ekani alam qiladi. Maydonda jamoadoshlarim qanday kurashayotganini, muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab, xuddi o‘z uyimizda o‘ynayotgandek muhit yaratayotganini ko‘rdim. Bizni kiborlikda ayblashmoqda, ammo bu ayblovlar bizdan ko‘ra shunday deyayotganlarning o‘zi haqida ko‘proq narsani anglatadi. Biz raqiblarimizga hamisha katta hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz.

Biz ispaniyalik barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan so‘rashdik. Agar sizga ularga ortimizni o‘girgandek tuyulgan bo‘lsa, bu shunchaki bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimiz tomon qaraganimiz sabablidir. Bu ularga bo‘lgan hurmatimizning belgisi edi», — deydi Martinesning so‘zlarini Ole nashri.

Ўхшаш янгиликлар