
«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim vinger Rafael Leau hali ham klub loyihasining bir qismi ekanini shama qildi. Oldinroq turli OAVlarda portugaliyalik futbolchining Turkiya klublariga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Bilaman, ba’zi futbolchilarimiz atrofida gap-so‘zlar juda ko‘p, ammo vaziyat o‘zgarmaguncha ular «Milan» a’zosi bo‘lib qolaveradi. Bizning vazifamiz — jamoani mavsumning ilk o‘yiniga tayyorlash. Hamma mashg‘ulot o‘tkazadi va tarkibdan o‘rin olish uchun kurashadi, bu muhokama qilinmaydi. Qoidalar hamma uchun bir xil», — dedi Amorim Goal portaliga bergan intervyusida.
Hozirda «Milan» Avstraliyada mavsum oldi turnesida bo‘lib turibdi. A Seriyaning yangi mavsumi 23 avgust kuni start oladi.