
Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan milliy terma jamoadagi faoliyati futbol va shaxsiy hayoti o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga imkon berishini aytdi.
Bugun Fransiya futbol federasiyasi (FFF) mutaxassis bilan 4 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
— Milliy terma jamoa bosh murabbiyligini o‘ziga xos tuzoq deb hisoblamaysizmi?
— Bu yerda hech qanday tuzoq yo‘q. Bu klubdagidan farq qiladigan boshqacha ish, lekin bu meni qo‘rqitmaydi. Men aynan shuni xohlagan edim. Fransiya terma jamoasidagi ish va shaxsiy hayotim o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga erishaman va bu meni to‘liq qoniqtiradi.
— «Real»dan ketganingizdan keyin nima bilan shug‘ullandingiz?
— Men qo‘l qovushtirib o‘tirmadim: juda ko‘p o‘yinlarni tomosha qildim — hatto «Real»da ishlagan davrimdagidan ham ko‘proq. Men umuman Fransiya terma jamoasini sinchkovlik bilan kuzatdim va ko‘p narsalarni payqadim, — dedi Zidan matbuot anjumanida.