
Mauro Ikardining sobiq rafiqasi Vanda Nara moliyaviy nizo bo‘yicha sud qaroriga munosabat bildirdi.
«Galatasaray», «PSJ» va «Inter»ning sobiq hujumchisining sobiq turmush o‘rtog‘i avvalroq futbolchidan vaqtinchalik ta’minot nafaqasi sifatida oyiga 250 ming yevro to‘lashini so‘rab sudga murojaat qilgan edi. Iyun oyi boshida sud uning bu arizasini rad etgandi. Kecha esa Ikardi Naraning apellyasiyasi ham rad etilganini ma’lum qildi.
«Bugun Italiya sudi tovon puli bo‘yicha bir qarorga kelishdan oldin nikohni bekor qilish haqidagi yakuniy qarorni kutayotganini bildirdi. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki mening ishim bor, narigi tomonda esa yo‘q. Har qanday holatda ham yakuniy qaror chiqarilganda tovon puli olishga haqli ekanim aniq.
Jonim, ish top va ta’til paytida men haqimda o‘ylashni bas qil. 3-avgustda o‘qishi boshlanadigan va ulardan o‘g‘irlangan narsalarni qaytarib berishdan bosh tortganing uchun xafa bo‘layotgan qizlaring haqida o‘yla», — deb yozdi Nara Instagram storisda.