
Joze Mourinyoning «Real»dagi ish strategiyasi ma’lum bo‘ldi. Portugaliyalik murabbiy jamoadagi asosiy urg‘u beriladigan jihatlarni belgilab oldi.
Jumladan, Mourinyoning bosh maqsadi — «Real»ga qat’iy ishchi intizomni qaytarishdan iborat. Joze tartib-intizom borasida futbolchilarga nisbatan ancha talabchan hisoblanadi.
Mashg‘ulotlarda u jismoniy va taktik tayyorgarlikni navbatma-navbat olib boradi. Bunda asosiy e’tibor to‘p bilan ishlashga qaratilgan. Uning mashg‘ulotlari juda uzoq davom etmaydi, ammo o‘ta yuqori tempda kechadi.