Barkola «Liverpul» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi - manba

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 10:26
  • 12
  • 30

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «PSJ» vingeri Bredli Barkola «Liverpul» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar 23 yoshli fransuz uchun yuqori maosh ko‘zda tutilgan va 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomani kelishib olishgan.

Endi «Liverpul» «PSJ» bilan transfer summasi bo‘yicha kelishib olishi kerak. Parij klubi Barkolani 170 million yevroga baholamoqda, ammo mersisaydliklar narxni tushirishga umid qilishmoqda va 100 million yevrodan ortiqroq taklif tayyorlashmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham klublar kelishuvga erishgan taqdirda «Liverpul»ga o‘tishni faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant deb hisoblamoqda.

O‘tgan mavsumda fransuz futbolchisi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар