Muxlislar APL klublarini liboslar narxini oshirgani uchun tanqid qilishdi

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 05:39
  • 6
  • 30

APLning 8 ta klubi yangi mavsum oldidan muxlislar uchun mo‘ljallangan original futbolkalar narxini oshirdi. Bu qaror ishqibozlar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan keskin tanqidga uchradi.

Eng qimmat kattalar futbolkasi endi «Tottenxem»da — 90 funt (o‘tgan yilgi narxdan 5 funtga qimmat). «Chelsi»da ham narx xuddi shu darajaga ko‘tarildi.

Hozirda 10 ta klub kattalar futbolkasini 80 funt va undan qimmatroq narxda sotuvga qo‘ymoqda.

«Bu liboslar narxi har qanday standart bo‘yicha haddan tashqari oshirib yuborilgan. Buning oqibatida ko‘plab muxlislar ularni sotib ololmay qolishi mumkin. Klublar yangi avlod muxlislariga jamoa bilan bog‘liqlikni his qilishga yordam berishi kerak, narxlarni qo‘l yetmas darajaga yetkazishi emas», — deydi iste’molchilar huquqlari bo‘yicha mutaxassis Skott Dikson Independent nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u narxlarning oshishi qalbaki mahsulotlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirishi mumkinligidan ogohlantirdi. Avvalroq, jahon chempionati vaqtida Britaniya rasmiylari umumiy qiymati juda yuqori bo‘lgan noqonuniy futbol mahsulotlari musodara qilinganini ma’lum qilishgan edi.

APLda narxlarni o‘zgartirmaslikga qaror qilgan (o‘zida ketma-ket 2 mavsum davomida bir xil narxni saqlab qolgan) yagona klub «Brentford» bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар