
«Arsenal» 2026/27 yilgi mavsum uchun akademiyaning 9 nafar yosh futbolchisi bilan shartnoma imzoladi. Endilikda bu iqtidorlar keyingi ikki yil davomida klub tizimida mahoratini oshirib borishadi.
Ushbu ro‘yxatdan himoyachilar Hakim Abubakar, Elion Mbala, Daniel Makkarron va Anjelinu Pedro, yarimhimoyachilar Emerson Nvaneri, Teo Odaji-Ukueko va Charli Pyordi, shuningdek, hujumchilar Jeyden Oba hamda Joshua Sesey joy oldi.
Ularning ayrimlari o‘z yoshidan kattalar jamoasida maydonga tushishga ham ulgurgan. Masalan, Nvaneri UYEFA Yoshlar ligasi va Premyer-liganing dubl tarkiblar o‘rtasidagi musobaqasida o‘ynagan bo‘lsa, Makkarron Shimoliy Irlandiyaning «Dangannon Svifts» klubida kattalar futbol tajribasiga ega bo‘lib ulgurgan. Yosh futbolchilar ushbu quvonchli voqeani «Emireyts» stadionida o‘tkazilgan maxsus tadbirda oila a’zolari va klub murabbiylari davrasida nishonlashdi.