
Hujumkor yarim himoyachi Dushan Tadich Niderlandiya chempionatiga qaytdi. «NEK Neymegen» klubi 37 yoshli Tadich bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Serbiyalik futbolchi ikki mavsumga — 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.
Oldinroq Dushan Tadich Niderlandiyada «Groningen» va «Ayaks» jamoalari sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda futbolchi BAAning «Al-Vaxda» klubi sharafini himoya qilgan edi.
Transfermarkt portali Tadichni 1,5 million yevroga baholamoqda.
«NEK Neymegen» Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi saralashiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Saralashning uchinchi bosqichida jamoa «Olimpiakos»ga qarshi bahs olib boradi.