Erkin agentga aylangan Dani Sebalyos yangi agentlik bilan shartnoma imzoladi

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 13:13
  • 3
  • 30

Italiyalik transfer mutaxassisi Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Real Madrid»ning sobiq yarim himoyachisi Dani Sebalyos o‘ziga yangi klub izlash jarayonida Fali Ramadani boshchiligidagi «Lian Sports» agentligi bilan shartnoma imzoladi.

Milosh Kerkez va Mark Pubil kabi mashhur yulduzlarning manfaatlarini himoya qiluvchi «Lian Sports» agentligi yaqinda erkin agentga aylanish uchun «Real» bilan shartnomasini bekor qilgan ispaniyalik yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni o‘rganmoqda.

Sebalyosning yuqori maosh talab qilayotgani hozirgacha unga da’vogarlik qilayotgan aksariyat klublarni chekinishga majbur qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар