
Fisnik Asllani "Xoffenxaym"dan "Leypsig"ga o‘tishga juda yaqin turganiga qaramay, "Barselona"ni kutishga qaror qildi.
Hujumchi klubdan yana biroz vaqt berishni so‘ragan. Sababi — uning asosiy maqsadi faqat "Barsa"ga o‘tish. Futbolchining tovon puli 29 million yevroni tashkil etadi. "Barselona" bu summani to‘lay oladi, lekin baribir "Xoffenxaym" bilan narxni tushirish bo‘yicha muzokara qilmoqchi.
Barcha qaror "Barsa"ning qo‘lida, ammo futbolchi uzoq kuta olmaydi.