
AS nashrining xabar berishicha, “Real Madrid” hozirda yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga mos kelmaydigan futbolchilarni tarkibdan “tozalash” uchun uchta transferni amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” himoyachi Raul Asensio hamda hujumkor o‘yinchilar Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan xayrlashish niyatida.
Asensio vaziyatni o‘zgartirishga va klubda qolishga harakat qilayotgani aytilmoqda, ammo bu variant qiyin deb hisoblanyapti. Agent Xorxe Mendesh allaqachon himoyachi uchun yangi klub qidirmoqda, Garsiya va Mastantuono esa yaqin kunlarda klubni tark etishlarini bilishadi.
Bundan tashqari, yarim himoyachilar Brahim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinoning kelgusi mavsum uchun rejalarida yo‘q, ammo ularning kelajagi hozirda Madrid klubi bilan bog‘liq. Chunki futbolchilarning o‘zlari tarkibdagi o‘rinlari uchun kurashishlarini ma’lum qilishgan.