
Diario AS nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» Vinisius Juniorning kelajagi bo‘yicha masalani zudlik bilan hal qilishga urinmoqda va unga aniq ultimatum qo‘ygan: yo shartnomani uzaytirish, yoki sotuvga qo‘yilish.
Braziliyalik yulduzning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Madrid klubi vaziyatga aniqlik kiritishga harakat qilayotgan bir paytda, APL vakillari muzokaralarni sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda.
Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin bo‘lgan «Real» yosh hujumchini Vinisius «Santyago Bernabeu»ni tark etgan taqdirda unga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Florentino Peres va klub rahbariyati shartnoma bo‘yicha muzokaralarning cho‘zilib ketishini istamayapti va keyingi yili Vinisiusning tekinga ketib qolishining oldini olish maqsadida, agar yaqin orada kelishuvga erishilmasa, uning transferiga yashil chiroq yoqishga tayyor.