
Braziliyalik yarimhimoyachi Kazemiro 25 iyuldan 26 iyulga o‘tar kechasi MLSning «Monreal» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinida «Inter Mayami» klubi safida debyut qildi. Mayami klubi Braziliya terma jamoasi xavbeki bilan shartnoma imzolanganini 22 iyul kuni rasman e’lon qilgan edi.
Kazemiro asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi, ammo golli harakatlar bilan ajralib tura olmadi. Uchrashuv «Inter Mayami»ning g‘alabasi bilan yakunlandi: o‘yindagi yagona golni 81-daqiqada Luis Suares penaltini aniq amalga oshirib kiritdi.
Oldinroq «Manchester Yunayted» Kazemironing klubni tark etganini tasdiqlagan edi. U 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasining 34 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«Manchester Yunayted»ga qadar Kazemiro «San-Paulu» (2010–2013), «Real Madrid» (2013–2022) va «Portu» (2014–2015) klublarida to‘p surgan.