MD: «Barselona» Ferran Torresni qaysi holatda sotishga tayyor ekanini ma’lum qildi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 12:39
  • 6
  • 30

«Barselona» hujumchisi Ferran Torresga ishonishda davom etmoqda va sentyabr oyida u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kataloniyaliklar «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Avvalroq OAVda JCH-2026 chempioni Ferran Torresga «PSJ» qiziqish bildirayotgani va futbolchi «Barselona»ni tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» Torresni faqat futbolchining o‘zi ketish istagini bildirgan taqdirdagina sotishga rozi bo‘ladi.

«Ko‘k-anorranglilar» yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin, moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish maqsadida 26 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda Ferran Torres barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар