59 yoshli Miura 2022 yildan beri ilk bor rasmiy o‘yinda gol urdi (video)

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 12:39
  • 9
  • 30

Dunyoning eng yoshi katta professional futbolchisi Kadzuyosi Miura 2022 yildan buyon ilk marta rasmiy uchrashuvda gol muallifi bo‘ldi.

59 yoshli yapon hujumchisi «Fukusima Yunayted»ning Imperator kubogi saralashida Fukusima prefekturasi finali doirasida «Ivaki Furukava»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Miura Takatora Eynagining uzatmasini golga aylantirib, jamoasining beshinchi golini urdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, tajribali hujumchi maydonni tark etdi.

Bahs «Fukusima Yunayted»ning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qayd etish joiz, Miura bundan avval rasmiy uchrashuvda 2022 yil 12 noyabr kuni gol urgan edi. O‘shanda u «Sudzuka» safida «Osaka»ga qarshi bahsda o‘z nomini tabloga yozdirgandi.

Ўхшаш янгиликлар