Peres «Bavariya»ga Oliseni sotib olmaslikka va’da berdi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 09:13
  • 0
  • 30

Vinger Maykl Olise 2026/2027 yilgi mavsumni «Bavariya»da o‘tkazadi. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, «Real» Olise bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormayapti.

Qayd etilishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres «Bavariya» mutasaddilariga joriy yozda Oliseni sotib olishga harakat qilmaslikka va’da bergan. Bundan tashqari, futbolchi va uning vakillari ham transfer bo‘yicha hech qanday so‘rov yuborishmagan.

Ayni damda «Real» e’tiborini to‘liq «RB Leypsig»dan Yan Diomandeni sotib olish vazifasiga qaratgan. «Qaymoqranglilar» imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga umid qilishmoqda.

Oldinroq OAVda Florentino Peres «Bavariya» bilan yaxshi munosabatlarni buzishni istamayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар