
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki JCH-2026 doirasida Angliyaga qarshi bo‘ladigan uchinchi o‘rin uchun bahs oldidan muxlislarga murojaat qildi.
«Biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz. Buni yodingizda tuting. Biz mamlakatimiz uchun birlashish maqsadida qaytamiz. Jamoa butun Fransiya ayni damda birlashganini his qildi, bu juda ajoyib», — deya yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «uch ranglilar» matbuot xizmati.
Mundial yarim finalida Fransiya terma jamoasi Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Didye Desham shogirdlari jahon chempionati bronza medallari uchun inglizlarga qarshi maydonga tushadi.