Yoshko Gvardiolga da’vogarlar ko‘payib ketdi

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 17:39
  • 30
  • 30

Myunxenning «Bavariya» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Gol.dnevnik.hr nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchini Germaniya chempionlaridan tashqari, Ispaniyaning «Barselona» va «Real» klublari ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Hozircha futbolchi borasida rasmiy takliflar kelib tushmagani ma’lum qilindi. 24 yoshli himoyachining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Gvardiol «Manchester Siti» sharafini 2023 yilning avgustidan buyon himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda himoyachi Angliya Premyer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar