Trippyerning «Vulverxempton»ga o‘tishi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 12:26
  • 15
  • 30

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Nyukasl» himoyachisi Kiran Trippyer shartnoma muddati tugaganidan so‘ng «Vulverxempton»ga o‘tadi.

Romano Sky Sports jurnalisti Kit Daunining ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi «bo‘rilar» bilan ikki yillik bitim imzolaydi, unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ham mavjud.

Joriy APL mavsumida Trippyer «Nyukasl» safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va uchta sariq kartochka oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar