
Markaziy himoyachi Ibraima Konate «Liverpul»dan ketishga yaqin turibdi. Tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, shu bois, agar kutilmagan hodisa yuz bermasa, fransiyalik himoyachi tez orada erkin agentga aylanadi.
Ko‘rinishidan, «Liverpul» Konatega to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rinbosar izlashni rejalashtirmayapti: jurnalist Jeyms Pirsning xabar berishicha, «qizillar» rahbariyati keyingi mavsumda Virjil van Deykga juftlikda Jeremi Jake va Jovanni Leoni kabi ikkita yosh yulduz raqobatlasha oladi deb hisoblamoqda.
Klub har ikkala o‘yinchiga ishonadi va ularni Yevropaning eng yaxshi yosh markaziy himoyachilari deb biladi. 20 yoshli Jake iyul oyida mersisaydliklar safiga qo‘shiladi — u «Renn»dan 60 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga sotib olingan. 19 yoshli Leoni esa bir yil oldin «Parma»dan taxminan 30 million yevro evaziga jamoaga kelgandi.