
Vinger Ansu Fati "Barselona"dan "Monako"ga doimiy asosda o‘tish arafasida turibdi.
Juma kuni kataloniyaliklar klubi ispaniyalik futbolchi bilan bir xil pozisiyada o‘ynaydigan Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Jurnalist Gabriel Sansning ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi "Barsa"da o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmasligini anglab yetgan va "Monako"da qolishga tayyor. Monako klubi 23 yoshli futbolchini 11 million yevro evaziga sotib olish opsiyasini faollashtiradi. Tomonlarga kelishuvning ayrim tafsilotlarini hal qilishgina qoldi.
O‘tgan mavsumda Fransiya klubida ijara asosida to‘p surgan Ansu Fati barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda 13 ta gol urdi.