Reshford "Barselona"da qolishni istamoqda

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 11:26
  • 12
  • 30

"Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijaraga olingan vinger Markus Reshford hali ham kataloniyaliklar safida qolishga umid qilmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisini hamyurti Entoni Gordon bilan raqobat cho‘chitmayapti (juma kuni "ko‘k-anorranglilar" Gordonni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qilgandi). 28 yoshli futbolchi "Barselona"da qolish va asosiy tarkib uchun kurashishga qat’iy bel bog‘lagan.

"Barsa" murabbiyi Xans-Diter Flik ham Reshfordning jamoada qolganini ma’qul ko‘rmoqda. Nemis mutaxassisi Markusni hujumning o‘ng qanotiga o‘tkazishga tayyor. "Qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi, katta ehtimol bilan, Runi Bardji ketganidan so‘ng Lamin Yamal uchun o‘rinbosar bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar