
Juma kuni «Barselona» «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonning transferini rasman e’lon qildi. Ingliz futbolchisi «ko‘k-anorranglilar»ga ehtimoliy bonuslardan tashqari 80 million yevroga tushdi — bu Joan Laportaning prezidentlik qilgan ikkala davridagi klubning eng qimmat xaridi hisoblanadi.
25 yoshli vinger bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2009 yilda «Inter»dan 69,5 million yevroga sotib olingan Zlatan Ibragimovichni ortda qoldirdi. «Barselona» tarixidagi eng qimmat transferlar ro‘yxatida esa Entoni Gordon Usmon Dembele, Filippe Koutinyo, Antuan Grizmann, Neymar, Frenki de Yong va Luis Suaresdan keyin yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kataloniya grandining yangi a’zosi bilan imzolagan shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.